Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

+3,1 mlrd dollar! O‘zbekistonning jami tashqi qarzi qanchaga yetdi?

+3,1 mlrd dollar! O‘zbekistonning jami tashqi qarzi qanchaga yetdi?

2020 yil boshidan beri O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 12,7 foizga, ya’ni 3,1 mlrd dollarga oshgan. Bu haqda Markaziy bank o‘zining 2020 yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha O‘zbekistonning halqaro investision pozisiyasi va tashqi qarz to‘g‘risidagi hisobotida ma’lumot berdi.

1 iyul holatiga ko‘ra tashqi qarz miqdori 27,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

+3,1 mlrd dollar! O‘zbekistonning jami tashqi qarzi qanchaga yetdi?

Foto: Markaziy bank hisobotidan.

 

«2020 yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining o‘sishi 1,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi sababli O‘zbekistonning suveren obligasiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi natijasida 2020 yilning boshiga nisbatan kamaydi», — deyiladi hisobotda.

Shuningdek, xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 mlrd dollar qarzdorlik jalb qilingan. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar — 1,8 mlrd dollar, tekstil va to‘qimachilik sektori korxonalari — 71 mln dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari tomonidan — 154 mln dollar miqdorda amalga oshirilgan.

Hisobotda aytilishicha, ushbu davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 261 mln dollar miqdordagi asosiy qarz va 168 mln dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan. Bunda, xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 719 mln dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 195 mln dollarni tashkil qildi. Buning eng katta qismini neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning oxirida O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 1 oktyabr holatiga ko‘ra 21,5 mlrd dollarni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 17:24 23.09.2020. O'qildi: 3209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!