Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

28 nafar onalarga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi

28 nafar onalarga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi

14 ta hududdan 28 nafar onalarga farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishganligi uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov ma’lum qildi.

🟡Targ‘ibot tadbirlari doirasida tumanlarda “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil etilib, 6400 dona o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 80 turdagi kitoblar tarqatildi.

🟡Termiz shahrida 2 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta oliy ta’lim muassasasi, 1 ta arxitektura va qurilish texnikumi, 1 ta 2-son akademik liseyda namunaviy tarzda “Ma’naviyat sektori” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🟡“Surxondaryo tajribasi” asosida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Ma’naviyat sektori”ni namunali tashkil etish maqsadida sektor Nizomi, tashkiliy tuzilmasi va yo‘riqnomasi ishlab chiqildi.

🟡Markaz tomonidan tajriba-sinov asosida Andijon viloyatidagi 909 ta mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida 90 kunlik ish-reja ishlab chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

🟡Ijobiy sinovdan o‘tgan “Andijon tajribasi” respublikadagi barcha 9 442 ta mahallada keng joriy etilmoqda.

Kiritildi: 18:16 29.03.2024. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!