Bugun Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘iston hududi halokatga uchragani xabar qilingan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarboyjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.