Fransiya prezidenti Emmanuel Makron YEI sammitining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida 24 oktyabr kuni Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Livan bo‘yicha xalqaro konferensiya haqida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, gap "Isroil operasiyasi natijasida uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan yuz minglab odamlarga gumanitar yordam ko‘rsatish haqida" bo‘ladi.
Fransiya rahbari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan kelishmovchiliklarga ham to‘xtaldi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati yahudiy davlatini qo‘llab-quvvatlaydi, "lekin bu uni Isroil hukumati rahbari bilan kelishmaslik huquqidan mahrum qilmaydi".
Avvalroq Le Parisien gazetasi manbalarga tayanib, Makron Vazirlar kengashining yopiq yig‘ilishida Netanmyaxu BMT rezolyusiyasi asosida paydo bo‘lgan yahudiy davlati qanday sharoitda paydo bo‘lganini eslashi kerakligini aytganini ma’lum qilgandi. Gazetaning qayd etishicha, prezident bu haqda Isroilning Livandagi “Hizbulloh” shia harakatiga qarshi BMT muvaqqat kuchlarining Livandagi manzillarida olib borayotgan amaliyotlari va Isroil elchisini Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirishi fonida aytgan. Shundan so‘ng Netanyaxu Makronni hurmatsizlikda aybladi.