Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

22 yoshli qiz ikki erkakni o‘ldirib, birini zo‘rladi. Uni og‘ir jazo kutmoqda

22 yoshli qiz ikki erkakni o‘ldirib, birini zo‘rladi. Uni og‘ir jazo kutmoqda

Rossiya. Omsk viloyati prokuraturasi ikki kishining o‘ldirilishi va birining zo‘rlangani yuzasidan 22 yoshli qizni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. Bu haqda «Noviy Omsk» xabar bermoqda.

Iyun oyida  Rossiya Tergov qo‘mitasi Omsk viloyati Direksiyasining matbuot xizmati 2019 yil avgust oyida Mixaylovka qishlog‘ida 22 yoshli 37 yoshli erkakni o‘ldirganini ma’lum qildi. Bunga qiz bilan birga spirtli ichimlik ichgan erkakning uydan ketishni istamagani sabab bo‘lgan. Oqibatda qiz erkakni belkurak bilan kaltaklab, zo‘rlagan. Erkak vafot etgan. Qiz jasadni tashqariga sudrab chiqib, o‘sha yerda qoldirgan.

Keyinroq surishtiruv davomida u 2019 yil oktyabr oyida otasini haqorat qilgani uchun 31 yoshli mast erkakni ham urib o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi.

Tergov qo‘mitasi unga nisbatan "Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish" va "Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 2020 yil iyun oyida bo‘lim tergovni tugatdi va uni sudga ko‘rib chiqish uchun yubordi.

Yaqinda sudda prokuratura vakili so‘zga chiqdi. U ayblanuvchini 15 yilga umumiy tartibli koloniyada ozodlikdan mahrum qilishni va asosiy jazoni o‘tab bo‘lgach, uning ozodligini bir yarim yilga cheklashni talab qildi.

Kiritildi: 15:27 07.08.2020. O'qildi: 26321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!