Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

2070 yilga borib musulmonlar soni 3,6 milliarddan oshishi kutilmoqda

2070 yilga borib musulmonlar soni 3,6 milliarddan oshishi kutilmoqda


Pew Research Center tadqiqotiga ko‘ra, musulmonlar soni o‘sishda davom etib, 2035 yilga borib nasroniylar sonidan oshishi mumkin. 2070 yilga kelib esa dunyoda 3,6 milliarddan ortiq musulmon va qariyb 3 milliard nasroniy bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Bunday o‘sishning asosiy sabablari — musulmonlar orasida tug‘ilish ko‘rsatkichining yuqoriligi va aholining yosh tarkibi. 2020–2025 yillarda musulmon ayollarga o‘rtacha 3,1 nafardan farzand to‘g‘ri kelgan. Boshqa diniy guruhlarda bu ko‘rsatkich 2 nafarni tashkil etgan.

Prognozlarga ko‘ra, 2070 yilda dunyo aholisining 36 foizini musulmonlar, 29 foizini esa nasroniylar tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, nasroniylarning yarmidan ko‘prog‘i Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada yashashi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:16 19.11.2026. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik