Yaponiyada parlamentning 206 a’zosi hukumatdan Falastin davlatini tan olishni talab qilgan maktubni imzoladi va uni tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshiga topshirdi.
Uch nafar qonunchi, jumladan asosiy muxolifatdagi Konstitusiyaviy-demokratik partiya (CDP) vakili Tomoko Abe vazirga maktubni taqdim etdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Turli partiyalar — CDP va hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) deputatlaridan iborat guruh hukumatdan Falastin davlatini tan olishni talab qilgan.
CDP matbuot kotibi Tomoko Abe uchrashuvdan so‘ng shunday dedi:
“Isroil sulhga rozi bo‘lish niyatida emas va och bolalarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bu masalaga jiddiy qarayman, chunki juda ko‘p imzo to‘plangan”.
Ma’lumot uchun: Yaponiya milliy parlamenti — Kokkay Vakolatlar palatasi va Kengashchilar palatasidan iborat bo‘lib, 713 a’zoga ega.
Fransiya, Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar shu oyda BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini rasman tan olish rejalarini e’lon qilgan edi.