Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

2040 yilda AQShda fuqarolar urushi bo‘lib, mamlakat qulashi mumkin — siyosatchi

2040 yilda AQShda fuqarolar urushi bo‘lib, mamlakat qulashi mumkin — siyosatchi

Amerikalik siyosatchi Mark Kas Qo‘shma Shtatlarda fuqarolar urushi 2040 yilda sodir bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtga kelib mamlakatda «asosan oq tanli aholidan oq tanli bo‘lmagan aholiga demografik o‘tish» jarayoni boshlanadi. Ekspertning fikricha, konservativ amerikaliklar o‘z ixtiyori bilan hokimiyatni vujudga kelayotgan ko‘pchilikka berishni istamaydi. Ular Amerika jamiyatida hukmron mavqeini saqlab qolishga harakat qiladilar.

U eng yomon oqibatni bashorat qildi: tartibsizliklar fuqarolar urushiga va davlatning qulashiga olib keladi. Kasning ta’kidlashicha, «qulagan Amerika»ning xalqaro maydondagi o‘rnini boshqa kuchlar egallaydi.

Kiritildi: 23:49 23.01.2022. O'qildi: 4010 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!