Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

2027 yilda MDH sammiti Buxoroda o‘tkaziladi

2027 yilda MDH sammiti Buxoroda o‘tkaziladi

2027 yil 1 yanvardan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Bu haqda 9 oktyabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston bilan birgalikda Turkmaniston va ilk bor Ozarboyjon ham hamraislik qiladi.

Navbatdagi MDH sammiti 2027 yil 8−9 oktyabr kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Bu O‘zbekistonning ikkinchi raisligi bo‘ladi: mamlakat ilk bor 2020 yilda Hamdo‘stlikka raislik qilgan edi.

MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) 1991 yil dekabr oyida, SSSR parchalanganidan so‘ng tashkil etilgan. Tashkilotga ilgari Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlar a’zo hisoblanadi. Hamkorlikning asosini savdo, transport, xavfsizlik, gumanitar va madaniy aloqalar tashkil etadi. Oliy organi — Davlat rahbarlari kengashi bo‘lib, qarorgohi Minsk shahrida joylashgan.

MDHga raislik har yili rotasiya asosida almashib turadi. Raislik qiluvchi mamlakat yilning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, Hamdo‘stlik tadbirlarini tashkil etadi va davlat rahbarlari sammitiga mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 21:52 09.10.2026. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!