Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

2024 yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 166,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

2024 yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 166,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

2024 yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 166,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va sanoat ishlab chiqarish indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,5 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida ishlab chiqaradigan sanoatning ulushi 79,6 foizni, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati 10,1 foizni, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash 9,8 foizni, suv bilan ta’minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizasiya qilish 0,5 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi o‘sishining asosiy omili bo‘lib qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 % ga, suv bilan ta’minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizasiya qilish sanoatida 5,8 % ga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 4,9 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash sanoatida fizik hajm indeksi 2,9 % ga oshganligi kuzatildi.

Shu bilan birga, ishlab chiqaradigan sanoatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,0 %), shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 %) hajmi oshdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan kompyuterlar, elektron
va optik mahsulotlar ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 83,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 81,2 %) hajmi pasayishi kuzatildi.

Kiritildi: 15:49 27.04.2024. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!