"NATOning joriy yil iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainaning tashkilotga a’zo sifatida qabul qilinishi kutilmayapti", — deya ma’lum qildi Qo‘shma Shtatlarning alyansdagi elchisi Julianna Smit jurnalistlar bilan konferensiya vaqtida.
"Alyansning o‘tgan yili Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitidan beri ittifoqchilar Kiyevga Yevropa Ittifoqi va NATOga integrasiyasida olg‘a siljish ishlarida, shuningdek, o‘z mamlakatlarida zarur ishlab chiqarishni amalga oshirishda juda ko‘p yordam berishdi. Biz esa, birinchi navbatda, ularni hozirgi kurashlarida qo‘llab-quvvatlash va jang maydonida g‘alabasini ta’minlashga e’tibor qaratishda davom etamiz", — deya qo‘shimcha qildi Smit.