Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

2024 yilda tadbirkorlik sub’ektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun elektron auksion savdolari orqali 350 ta uchastka taklif etiladi

2024 yilda tadbirkorlik sub’ektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun elektron auksion savdolari orqali 350 ta uchastka taklif etiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Er qa’ridan foydalanish markazi” DM direktor o‘rinbosari Elyor Fozilov ma’lum qildi.

⌨️ Er qa’ridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalarni berish to‘liq elektronlashtirilib, 2023 yilda:

⏺er osti suvlari bo‘yicha jami 1 895 ta gidrogeologik xulosa;

⏺er osti suvlariga quduq burg‘ulashga jami 2 157 ta ruxsatnoma;

⏺suvdan maxsus foydalanish uchun jami 1 399 ta ruxsatnoma berilgan.

💻Strategik turdagi foydali qazilmalarga jami 158 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lib, shundan 10 ta geologik ob’ekt auksionga qo‘yilgan, bugungi kunda 8 tasi realizasiya qilindi va 8,4 mlrd so‘m mablag‘ byudjetga tushirildi, qolgan 2 tasi bo‘yicha savdolar davom etmoqda.

💵Noruda xomashyosidan foydalanishga jami 591 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lib, 302 ta ob’ekt auksionga qo‘yilgan, shundan 117 ta ruxsatnomalar berilib, shundan (geologiya-qidiruv ishlariga 101 ta, qazib olishga 16 ta) jami 9,9 mlrd so‘mga realizasiya qilindi.

💵Oltin izlovchilar usulida faoliyatni amalga oshirishga jami 36 ta ob’ekt auksionga qo‘yilgan bo‘lib, shundan 35 ta ruxsatnomalar berilib, 7,5 mlrd so‘mga realizasiya qilindi.

Kiritildi: 17:17 02.02.2024. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!