Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

2023 yilda banklar fuqarolardan qancha dollar sotib oldi?

2023 yilda banklar fuqarolardan qancha dollar sotib oldi?

2023 yili tijorat banklari jismoniy shaxslardan jami 12 mlrd 267,4 mln dollar sotib olgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan 2023 yil yakunlari bo‘yicha statistik byulletenda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, yil davomida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan chet el valyutasi hajmi 9 mlrd 59 mln dollarni tashkil etadi. Banklar tomonidan dollarning eng ko‘p xaridi avgust oyida bo‘lgan: 1 mlrd 320,8 mln dollar. Eng ko‘p sotuv esa iyulga to‘g‘ri keladi — 829,6 mln dollar.

Bundan tashqari, 2023 yil davomida banklarning boshqa valyutalarni sotib olish statistikasi quyidagicha:

  • Evro (xarid va sotish) — 44,7 mln (52,9 mln);
  • Angliya funt sterlingi — 2,2 mln (2,4 mln);
  • Rossiya rubli — 1 mlrd 660,5 mln (1 mlrd 707,4 mln);
  • Qozog‘iston tengesi — 401,8 mln (416,4 mln).
Kiritildi: 07:39 13.02.2024. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!