Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

2023 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

A A A
2023 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

2023 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, keyingi yilda quyidagi kunlar dam olish kunlari hisoblanadi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2 yanvar – dushanba, 30 iyun – juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 24 aprel – dushanba, 1 iyul – shanba, 2 sentyabr – shanba, 30 dekabr – shanba.

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktyabrdagi O‘RQ–798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1 oktyabr – O‘qituvchi
va murabbiylar kuni”
2023 yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2 oktyabr – dushanba kuniga ko‘chiriladi;

bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

2023 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;

11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;

25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;

29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.

Mazkur qo‘shimcha dam olish kunlari fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida belgilanmoqda.

Kiritildi: 18:33 23.12.2022. O'qildi: 9275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!