Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

2021 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

2021 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2021 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini ma’lum qildi.

Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 320 000 (uch yuz yigirma ming) so‘m ekani e’tiboridan, bu yilgi ZAKOT nisobi 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) so‘m deb belgilandi.

Shunga ko‘ra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) so‘m va undan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishi jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori bug‘doydan yarim so’ (2 kg.), arpadan bir so’ (4 kg.), mayizdan yarim so’ (2 kg.) va xurmodan bir so’ (4 kg.)dir.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg bug‘doy o‘rtacha 5 ming so‘m, 1 kg arpa o‘rtacha 3,5 ming so‘m, 1 kg mayiz o‘rtacha 40 ming so‘m va 1 kg xurmo o‘rtacha 35 ming so‘m ekani ma’lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, FITR sadaqasining miqdori:

  • bug‘doydan kg 10 000 (o‘n ming) so‘m;
  • arpadan 4 kg 14 000 (o‘n to‘rt ming) so‘m;
  • mayizdan 2 kg 80 000 (sakson ming) so‘m;
  • xurmodan 4 kg 140 000 (bir yuz qirq ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida bo‘lib, bugungi kunda bu o‘rtacha 25 000 (yigirma besh ming) so‘mga to‘g‘ri kelganidan, bu yilgi FIDYa miqdori bir kun uchun 25 000 (yigirma besh ming) so‘m, bir oyga 750 000 (etti yuz ellik ming) so‘m deb belgilandi.

 

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Kiritildi: 14:22 09.04.2021. O'qildi: 7150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!