Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari sotib olinadi

2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari sotib olinadi

2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlarini sotib olish jarayoniga o‘tiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.

«Gidrometeorologiya xizmatining asosiy foydalanuvchisi — davlat tashkilotlari, yirik klasterlar, yirik fermerlar va albatta investorlardan iborat. 

2021 yilda gidrometeorologiya xizmati sifatini oshirishga asosiy e’tibor qaratilsa, 2022 yilda davlat mablag‘larini 30 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. 2021 yilda ma’lumotlarni sotib olish jarayoniga o‘tish rejalashtirilmoqda. Ya’ni, davlat xizmatlaridan tashqari xususiy sektorni shakllantirish nazarda tutilmoqda.

O‘zMuda Rossiya Gidrometeorologiya universitetining shu yo‘nalishdagi fakulteti ochiladi. Yangi geoportal tizimi test rejimida ishga tushyapti. Buning yordamida xavfli zonalar, xavfli hududlar bo‘yicha kartaga oldindan tushiriladi va ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi", dedi u.

Kiritildi: 15:45 09.01.2021. O'qildi: 2613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!