Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

2021 yilda O‘zbekistonga qancha odam ko‘chib kelgan?

2021 yilda O‘zbekistonga qancha odam ko‘chib kelgan?

2021 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga jami ko‘chib kelganlar soni 992 nafarni tashkil etadi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kelganlar soni Toshkent shahri (396 kishi), Toshkent viloyati (370 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (98 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi. Jizzax (5 kishi), Samarqand (6 kishi) va Xorazm (6 kishi) viloyatlariga nisbatan kam odam ko‘chib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (35,9 foizi), Tojikiston (21,6 foizi), Rossiya (17,1 foizi), Qirg‘iziston (6,3 foizi), Turkmaniston (4 foizi) va boshqa davlatlar (15,1 foizi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 15:40 02.08.2021. O'qildi: 3260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!