Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

2020 yildagi 21-to‘fon: “Vamko” 53 kishining umriga zomin bo‘ldi

2020 yildagi 21-to‘fon: “Vamko” 53 kishining umriga zomin bo‘ldi

Filippin armiyasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, to‘fon qurbonlari soni 53 kishiga yetgan. Biroq polisiya 26 kishi halok bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. 50dan ortiq filippinlik jarohatlangan, 20 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

“Vamko” tufayli o‘n minglab fuqaro evakuasiya qilingan. Shamol tezligi soniyasiga 34 metr ko‘rsatkichga yetgan, shuningdek, kuchli yomg‘ir yoqqan.

Mamlakat poytaxti Manila shahrida jamoat transporti faoliyati to‘xtagan. Poytaxt aeroporti va bandargohlar foliyati to‘xtatilgan.

“Vamko” joriy yilda mamlakatga talafot yetkazgan 21-to‘fon hisoblanadi. Sinoptiklar bu to‘fonni mamlakatdagi eng kuchlisi deb atashmoqda.

Kiritildi: 09:55 15.11.2020. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!