Tunisda boshlangan Islom mamlakatlari Madaniyat vazirlari konferensiyasida Tunis, Quddus, Shri Bhagavan va Bissau shaharlari 2019 yilda Islom dunyosi madaniyati poytaxtlari sifatida tanlandi, deb xabar beradi IQNA.
Tadbirda ISESCO Bosh direktori Abdulaziz ibn Usmon Tajiri, Bahrayn madaniyat ishlari boshqarmasi boshlig‘i va bir qator Islom mamlakatlari madaniyat vazirlari va vakillari ishtirok etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yilda Islom dunyosi poytaxtlarini tanlash uchun ISESCO dasturlari doirasida Tunis, Quddus, Shri Bhagavan bandargohi va Bissau (Givineya poytaxti) shaharlarida Islom dunyosi madaniyati poytaxti tantanalari o‘tkaziladi.
28 noyabr kuni o‘z ishini boshlagan Islom mamlakatlari madaniyat vazirlari konferensiyasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 57 ta davlatning madaniyat vazirlari, qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Manba: Islom.uz