Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

2019 yilda fuqarolar tomonidan qancha dollar sotilgan va sotib olingan?

2019 yilda fuqarolar tomonidan qancha dollar sotilgan va sotib olingan?

2019 yilda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Markaziy bankning 2019 yilda ichki valyuta bozori va uning rivojlanish tendensiyalariga doir sharhida aytilishicha, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 41 foizga oshdi (2018 yil - 2,7 mlrd. AQSh doll.).

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,8 mlrd. AQSh dollari sotib olinib, mazkur ko‘rsatkich 2018 yilga (975 mln. AQSh doll.) nisbatan 1,9 barobarga o‘sdi.

Hisobot davrida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi valyuta oldi-sotdi operasiyalari hajmi saldosi 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 16 foizga oshdi.

Xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining mavsumiy kamayishiga qaramay, 2019 yilning dekabr oyida jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini sotish (500 mln. AQSh doll.) va sotib olish (305 mln. AQSh doll.) hajmi tarixiy maksimal darajaga yetdi. Ushbu holat, yil yakunida aholi va tadbirkorlarning o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarishi faollashganligi bilan izohlangan.

Kiritildi: 17:09 09.01.2020. O'qildi: 2305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!