Bugun 17 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

"Itman,molman": Samarqandda Tursunxon nomi bilan tanilgan instabloger noma’lum shaxslar tomonidan tahqirlandi

"Itman,molman": Samarqandda Tursunxon nomi bilan tanilgan instabloger noma’lum shaxslar tomonidan tahqirlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videodagi holat joriy yil 15 may kuni Samarqand shahrida sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi A.T. Samarqand shahrida ikki nafar shaxslar bilan tanishib, ulardan ish topib berishda yordam so‘ragan.

Ushbu fuqarolardan biri o‘zi ishlayotgan reklama agentligida ishchi o‘rni borligini aytganida, A.T. ushbu ishga rozi bo‘lib, ulardan biridan yo‘l kiraga pul olib, uyiga ketib, ertalab aytilgan joyga ishga kelmagan.

Natijada ularning o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ikki nafar fuqarolar A.T. bilan uchrashib, uni haqorat qilib, buni tasvirga olishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:11 26.05.2024. O'qildi: 32437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!