Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

2018 yilda Jazoir aholisi 42 millionga yetdi

A A A
2018 yilda Jazoir aholisi 42 millionga yetdi

Chorshanba kuni Jazoir statistika devoni tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat aholisi 2018 yilda 42,2 million kishiga yetgan. Bu raqam 2017 yi 1 yanvarda 41,3 millionni tashkil etgan edi. Bu haqda Jazoir axborot agentigiga tayanib, “Anado‘lu” xabar bermoqda.

Aytilishicha, Jazoir aholisi 2016 yilda 40,1 million, 2017 yilda 41,3 million va 2018 yilda 42,2 millonni tashkil etgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 yilda 1 million 6 kishi tug‘ilgan, 190 ming odam vafot etgan.

2019 yilga kelib aholi soni 43,4 millionga, 2040 yilda esa 57,65 million kishiga yetishi kutilmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:49 28.06.2018. O'qildi: 2987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik