Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

20–21 iyul kunlari Namanganda “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

20–21 iyul kunlari Namanganda “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Bugun 20 iyul kuni Namangan viloyati madaniyat saroyida “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari O. Inamov va Innovasiyalar Milliy ofisi Bosh direktori o‘rinbosari A.Sobirxonov so‘zga chiqib ishtirokchilarni mazkur tadbir bilan qutlashdi.

Ko‘rgazmada Namangan viloyatining barcha hududlaridagi iqtidorli yoshlar va tadbirkorlar innovasion g‘oyalari ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ko‘rgazmaga oliy ta’lim muassalari talabalari, innovasion markazlar, biznes inkubatorlar loyihalari, tadbirkorlar, investorlar tashrif buyurishdi. Ushbu tadbir hududdagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, innovasion loyihalarni ko‘paytirish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda 107 ta ishlanma namoyish etilmoqda.

Ushbu ko‘rgazma doirasida Innovasiyalarni joriy qilish bo‘yicha Milliy ofis Bosh direktori o‘rinbosari A.Sobirxonov marafon ishtirokchilari va Namangan viloyati yosh olimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi va Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni har bir viloyatda o‘tkaziladi va eng yaxshi loyiha egalari saralab olinib, rag‘batlantiriladi. Namangan viloyatining o‘zida 57 ta startap loyiha “TechnoWays” marafonida ishtirok etmoqda. Marafon so‘ngida 3 ta eng yaxshi loyiha egalari saralab olinib, sovrinlar topshiriladi.

20–21 iyul kunlari Namanganda “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi20–21 iyul kunlari Namanganda “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi20–21 iyul kunlari Namanganda “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi20–21 iyul kunlari Namanganda “Innoweek-2022” hududiy innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Kiritildi: 17:08 20.07.2022. O'qildi: 3201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!