Joriy yil birinchilardan bo‘lib Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 2 sentyabr, juma kunidan paxta terish ishlari boshlanadi
Viloyat hokimining o‘rinbosari Dilmurod Abduraxmonov boshchiligidagi ishchi guruhi tumanlarda, hudud sektorlari rahbarlari, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilot va korxonalar mutasaddilari g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning borishini o‘rgandi, deya xabar beradi hokimlik axborot xizmati.
O‘rganish jarayonida paxta dalalari terimga tayyor ekanligi aniqlanib, nes-nobud qilmasdan belgilangan rejani bajarishga kirishilishi ma’lum qilindi.
Xabarda viloyat paxtakorlari erta bahorda 75 ming 500 gektar maydonga baraka urug‘ini qadab, ayni kunlarda rejadagi 250 ming tonna paxta xirmonini yaratish uchun astoydil mehnat qilayotgani aytilgan.