Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.v.” MCHJ avtomaktabi rahbari Z.M. fuqaro SH.J.ning ishonchiga kirib, go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida SH.J. va uning turmush o‘rtog‘iga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro A.Q.ga 1 300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Samarqand tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va SH.A. fuqaro M.A.ga tanishlari yordamida 1 000 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:44 25.06.2024. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!