Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Abdulla Orifga ash’or

A A A
Abdulla Orifga ash’or

Abdulla bobomning abadiy ruhi,

Uning ash’orida kezib yuradi.

Abadiylikka dahldor yorqin xotirasi,

Sheriyat olamin sevgan biladi.

Abdulla bobom tug‘ilgan maskan,

Jannatmakon o‘lkam Qashqadaryodir.

Neko‘z qio‘log‘ining jo‘shqin soylari,

Unga ilhom bo‘lgan so‘nmas bahordir.

U tug‘ilgan sana qo‘shaloq bayram,

Navro‘z sayli bilan birga keladi.

Uning o‘lmas mangu she’rlari,

Bahor nafasila doim yeladi.

Shoirning ijodi so‘nmas bahordir,

Har bir satri cheksiz ezgu xabardir.

Unutmaydi aslo kelajak avlod,

Siz yozgan ash’orlar dasturamaldir.

Sabrina Fazliddinova, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 46-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

ReplyForward

Kiritildi: 18:47 17.12.2021. O'qildi: 3000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik