Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

17 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyada tahsil oladi

A A A
17 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyada tahsil oladi

Yaponiya hukumati 2019 yilda o‘zbekistonlik 15 nafar magistr va 5 nafar doktorning ushbu yurtda tahsil olishi uchun 262 million iyen (2,38 million AQSh dollariga yaqin) ajratdi. Bu haqda "gazeta.uz" Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasiga asoslanib xabar berdi.

5 iyul kuni Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va  Yaponiya elchisi Nobuaki Ito «Kadrlar tayyorlash uchun stipendiya ajratish» (JDS) loyihasi bo‘yicha notalar almashinuvini imzoladilar.

JDS dasturi yosh davlat xizmatchilariga yapon oliy o‘quv yurtlarida masgistrlik yoki doktorlik darajasini olishi uchun moliyaviy yordam beradi. Loyiha ishga tushgan 1999 yildan beri Yaponiyada o‘zbekistonlik 311 talaba ilmiy daraja oldi.

 

Kiritildi: 11:40 06.07.2018. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik