Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

16 yoshli futbolchi Yamal majburiy o‘rta ta’limni tugatdi

16 yoshli futbolchi Yamal majburiy o‘rta ta’limni tugatdi

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning 16 yoshli futbolchisi Lamin Yamal majburiy ta’limni tugatdi.

2024 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan futbolchi masofadan turib mashg‘ulotning yakuniy bosqichini o‘qigan. Bu haqda COPE xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi o‘qishni qoniqarli baholar bilan yakunlagan. Kursni tugatgandan song, Yamal darhol onasiga qo‘ng‘iroq qildi.

Avvalroq, 16 yoshli hujumchi eng yoqtirmaydigan fanlari tarix va matematika ekanligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yamal Yevro-2024 guruh bosqichining uchta o‘yinida ham ishtirok etdi. Xorvatiya bilan 1-tur o‘yinida (3:0) vinger golli uzatmani amalga oshirdi.

Evropa chempionati 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasi Gruziya bilan uchrashadi.

Kiritildi: 10:56 28.06.2024. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!