Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

16 ta «Oskar»ga da’vogarlik qilayotgan film

16 ta «Oskar»ga da’vogarlik qilayotgan film

“Warner Bros” studiyasi tomonidan ishlangan «Joker» filmi Amerika kinoakademiyasi mukofotining 16 ta asosiy nominasiyasiga da’vogarlik qilmoqda.

«Joker» «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi ssenariy», «Eng yaxshi erkak roli» (Xoakin Feniks), «Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli» (Robert de Niro), «Eng yaxshi vizual effektlar», «Eng yaxshi montaj», «Eng yaxshi saundtrek», «Eng yaxshi grim» va boshqa nominasiyalarda kurash olib borishi kutilmoqda.

«Oskar» uchun da’vogar filmlarning rasmiy ro‘yxati 2020 yilning 13 yanvarida e’lon qilinadi.

Todd Fillipsning «Joker» filmi psixologik triller janrida bo‘lib, superrazil Jokerning hayotidan hikoya qiladi.

Film 2019 yilning 31 avgustida premyera qilindi. «Joker» 17 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan filmlar orasida eng kassabop kino sifatida tarixga kirdi. Birgina o‘tgan haftada film prokatidan dunyo bo‘ylab 900 million dollar pul kelib tushdi.

 

 

Kiritildi: 21:21 04.11.2019. O'qildi: 2277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!