Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

15 sutkaga qamalgan andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov ozodlikka chiqdi

15 sutkaga qamalgan andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov ozodlikka chiqdi

Otabek Nuritdinov taxallusi ostida tanilgan andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov 14 yanvar kuni kechqurun ozodlikka chiqdi. Bu haqda «Gazeta.uz» blogerning advokati Umidbek Davlatovga tayanib xabar bermoqda. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, bloger dastlab yangi tug‘ilgan o‘g‘li va rafiqasini ko‘rish uchun tug‘ruqxonaga borgan.

2019 yilning 30 dekabr kuni Asaka tumani hokimi Erkinjon Yoqubov, tumandagi 39-maktab direktori Muhayyo Isoqova, Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Furqat Buzrukov, shuningdek, «Suvoqova» korxonasining tuman bo‘limi rahbari Bahodir Qahhorov bloger ustidan shikoyat qilgan edi.

Arizalar shu kunning o‘zida ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ish qo‘zg‘atilgan, tergov o‘tkazilgan va ish sudga oshirilgan edi. Andijon viloyati ma’muriy sudi Abdufatto Nuritdinovni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda aybdor deb topgan hamda unga 15 kunlik qamoq jazosini tayinlagan edi.

Sudda Abdufatto Nuritdinov o‘ziga qo‘yilgan ayblovni tan olmagan hamda o‘z shaxsiy fikri haqorat qiluvchi va davlat organlari vakillari sha’nini toptovchi emas, deb hisoblashini aytgan. Shuningdek, bloger 30 dekabr kuni hech kimni haqorat qilmaganini ham ta’kidlagan edi.

4 yanvar kuni Andijon viloyati ma’muroy sudining kassasiya instansiyasi blogerning shikoyatini rad etgan va 30 dekabrdagi qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan edi. Andijonlik bloger ishiga munosabat bildirarkan, AOKA rahbari Komil Allamjonov tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini imkon qadar tezroq bekor qilish zarurligini ta’kidlagandi.

Bloger o‘z postlarida asosan Asaka shahridagi mansabdorlar faoliyatidagi ehtimoliy korrupsion faktlar, byudjet mablag‘larini o‘g‘irlash va talon-toroj qilish holatlari haqida yozgan.

Kiritildi: 08:40 15.01.2020. O'qildi: 2623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!