Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

15 noyabrdan O‘zbekistonda havo iliqlashadi

15 noyabrdan O‘zbekistonda havo iliqlashadi

12—14 noyabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi, u qorga aylanishi mumkin. 13—14 noyabrda harorat kechasi 2—7 daraja sovuqqacha, kunduzi esa 0—5 daraja iliqqacha pasayadi. Ammo 15 noyabrdan kunduzgi harorat 5—10 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

16 noyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat kunduzi +8 — +13 darajagacha yetadi. 17 noyabr kuni esa havo haroati kunduzi 10—15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechasi esa -3 darajani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 12—13 noyabrda havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Harorat kunduzi va kechasi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.

Kiritildi: 11:51 13.11.2018. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!