Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

15 million kreditim hal! Boshpanali bo‘ldim!

A A A
15 million kreditim hal! Boshpanali bo‘ldim!

Bugun erta tongdan Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi kengaytirilgan Sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 470 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Topshiriq va muddatli ko‘rsatmalar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turli soha va tashkilotlar zimmasiga qat’iy yuklandi.

- Men bilan viloyat hokimi shaxsan o‘zi gaplashdi, muammolarimni diqqat bilan tingladilar - deydi Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka qo‘rg‘onida istiqomat qiluvchi Shodiya Pardayeva. -Men 15 million so‘m kredit evaziga uy joyning boshlang‘ich to‘lovi uchun yordam so‘radim. Murojaatim e’tiborsiz qoldirilmadi, masalam ijrosi viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Gavhar Alimovaga biriktirildi. Opaga ming bor rahmat! Chunki, o‘sha zahoti meni bank mutaxassislari bilan uchrashtirib, muammomni joyida hal qilib berdilar. Bundan tashqari, uyimning galdagi ta’mirlash ishlarini shaxsan o‘zi hal qilib berishlariga va’da berdi.

-Kattaqo‘rg‘on shahar, Oqoltin mahallasi, Madrasa ko‘chasi 67-uyda yashayman,- deydi Rohila Donayeva. Ikki o‘g‘lim, kelinlarim va nabiralarim bilan bitta hovlida yashayman. Iqtisodim og‘ir, turmush o‘rtog‘im vafot etgan. Boz ustiga, yaqinda yana ikki o‘g‘limni uylantirishim kerak. To‘y belgilab qo‘yganman. Men imtiyozli uy-joyga juda muhtojman. Mening murojaatim shaxsan shahar hokimi zimmasiga yuklandi. U kishi tez kunlarda muammom ijobiy hal etilishiga va’da berdi.

Xullas, bu galgi Sayyor qabul ham qariyb yetti soat davom etdi. Fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan barcha muammolariga adolat nuqtai-nazardan echim topishdi, javob olishdi. - Sektorlar rahbarlari ishi mutlaqo qoniqarsiz, deya qabulni yakunladi viloyat hokimi. - Bundan keyin quyi bo‘g‘inga chuqurroq kirish, va xalq bilan muloqotni ko‘paytirishlaringizni talab qilaman!

Bog‘ga yig‘ilgan barcha fuqarolar murojaatlari viloyat hokimi hamda mas’ul rahbarlar tomonidan tinglandi.

Kiritildi: 23:00 13.07.2019. O'qildi: 3250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik