Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

15 avgustdan Toshkent shahrida jamoat transporti, avtobuslar va mikroavtobuslar harakatlanishi to‘liq tiklanadi

15 avgustdan Toshkent shahrida jamoat transporti, avtobuslar va mikroavtobuslar harakatlanishi to‘liq tiklanadi

Ertaga, 15 avgustdan e’tiboran Toshkent shahrida jamoat transportining barcha turi (avtobus, metropoliten, yo‘nalishli taksi) harakati qayta tiklanadi. 

“Toshshahartransxizmat” AJ 132 ta yunalishda 1105 ta avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqaradi. Shuningdek, "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida faoliyat yurituvchi xususiy korxonalar hamda  98 ta yo‘nalishda 800 dan ortiq yo‘nalishli taksilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 

Transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. 

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus va mikroavtobuslar saloniga chiqarilmaydi.  


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati

Kiritildi: 20:19 14.08.2020. O'qildi: 3535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!