Xitoyning Moskvadagi elchisi Chjan Xanxueyning aytishicha, BRIKS faoliyatiga 13 ta yangi davlat qiziqish bildirgan.
“BRIKS+ formatidagi uchta tadbirda nafaqat BRIKS beshligi, balki boshqa 13 ta rivojlanayotgan davlat rahbarlari ham ishtirok etdilar”, — dedi u TASS agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlatlar assosiasiyaning kelajakdagi rivojlanishi uchun istiqbolli va strategik g‘oyalarni ilgari surgan.
“BRIKS mexanizmini takomillashtirish, global boshqaruv, pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish va iqtisodiyotni tiklash kabi masalalarga e’tibor qaratib, tadbirlar ishtirokchilari bir qator innovasion va muhim institusional natijalarga erishdilar, dolzarb vazifalarni hal etish bo‘yicha istiqbolli va strategik g‘oyalarni ilgari surdilar”, dedi elchi.
Avvalroq Xitoy elchisi BRIKS xalqaro assosiasiyasi yangi davlatlarni o‘z a’zoligiga qabul qilishga ochiqligini aytgan edi.