O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida joriy yilning 13 mart sanasidan boshlab «LOT Polish Airlines» aviakompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan Varshava–Toshkent–Varshava havo qatnoviga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlar, O‘zbekiston–Polsha hamkorligi holati va istiqbollari, Yangi O‘zbekistonning turizm salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik aloqalari, o‘tgan yili yurtimizga tashrif buyurgan polshalik sayyohlar soni 8 mingtani tashkil etgani va ushbu ko‘rsatgichni joriy yilda 25 mingga yetkazish rejalashtirilgani qayd etildi.