Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

12 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali

A A A
12 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali

Ertaga, 12 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar

Toshkent — Moskva — Toshkent
Toshkent — Istanbul — Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi. 

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent — Novosibirsk — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.
 

Kiritildi: 11:15 11.06.2020. O'qildi: 2207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!