Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi

11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida bildirilishicha,  16-fevral kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Yevgeniy A. murojaat qilgan.

Erkak 15 fevral kuni taxminan soat 8.00 da uning 11 yoshi o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib, noma’lum tomonga yo‘l olgani va qaytib kelishmaganini aytgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalarni IIBB PPX xodimlari topib, ularni uylariga qaytarishgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bolalar qasddan uydan qochib, qo‘shni uyning tomida spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onasidan yashirinishar ekan. Bu borada qo‘shnilarning fikrlari o‘rganilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish haqida hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda.

“Bolalar esa sud tomonidan ularning taqdirlari bo‘yicha qaror qabul qilinguncha Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildilar”, - deyilgan xabarda

 

Kiritildi: 16:50 23.02.2020. O'qildi: 2752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!