Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

10 marta radarga tushgan haydovchining avtokreditga olgan mashinasi “joyini topdi”

10 marta radarga tushgan haydovchining avtokreditga olgan mashinasi “joyini topdi”

Paxtaobod tumanida yashovchi R.T. CHEKI “Hamkorbank” ATB Andijon mintaqaviy bank xizmatlari ofisida kredit shartnomasi tuzib, “Hyundai Tucson” avtomobilini sotib olgan.

Avvaliga bir muddat to‘lovlar o‘z vaqtida to‘langan bo‘lsa-da, keyinchalik avtokredit shartnomasiga muvofiq to‘lovlar kechiktirila boshlagan.

Shunga ko‘ra, sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor R.T.dan bank foydasiga 237,4 mln so‘m undirilishi belgilangan.

Biroq bugina emas. Qarzdor R.T. boshqaruvidagi ushbu mashinada harakatlanayotgan vaqtda 10 marotaba yo‘l harakati qoidalarni buzganligi maxsus qurilma (radar)larga muhrlangan. Ushbu qoidabuzarliklari uchun fuqaroga 4,4 mln. so‘m jarima qo‘llanilgan.

Qarzdorliklarni undirish maqsadida Byuroning Paxtaobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “Hyundai Tucson” avtomashinasi xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.

Hozirda ushbu avtotransport vositasini realizasiya qilish ishlari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:51. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!