Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

1-sinflarga bugungi kunga qadar 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi

1-sinflarga bugungi kunga qadar 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi

Joriy yilning 18 avgust sanasiga qadar Respublika umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 578710 nafar o‘quvchining hujjati qabul qilindi, bu esa joriy o‘quv yili uchun qabul rejasining 90 foizi demakdir.

Shundan xalq ta’limi tizimidagi maktablarga 577304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan.

Joriy o‘quv yilida xalq ta’limi vazirligi 650116 nafar o‘quvchini qabul qilishni rejalashtirgan. O‘quvchilarning aksariyati, 96,4 foizi o‘z mikrohududidan qabul qilingan (558140 nafar bola).

2020-2021 o‘quv yili uchun qabul joriy yilning 25 avgustiga qadar davom etishini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 13:08 18.08.2020. O'qildi: 1983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!