“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini erkinlashtirish taklif etilyapti.
Xususan, 1– va 2-guruhdagi elektr energiyasi iste’molchilari (OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga 1 kWh uchun 1 000 so‘mgacha (hozirda 450 so‘m), qolgan yuridik shaxslar uchun 900 so‘mgacha (hozirda 450 so‘m)deb belgilanishi mumkin.
Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga 1 kub metr uchun 1 800 so‘mgacha (hozirda 660 so‘m), boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘mgacha (hozirda 660 so‘m) miqdorida belgilash taklif etilgan.
❗️Loyihada aholi uchun elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.