Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

1 maydan boshlab hujjatsiz migrantlar Rossiyadan chiqarib yuboriladi

1 maydan boshlab hujjatsiz migrantlar Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Migrasiya agentligi Rossiyada patent olmagan fuqarolarimizni huquqiy maqomni tiklash uchun kam vaqt qolgani haqida ogohlantirdi.

Xabarga ko‘ra, 2025 yil 30 aprel kuni Rossiya Federasiyasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi 1126-son Farmoni bilan berilgan imkoniyatlar, huquqiy maqomga ega bo‘lish uchun berilgan muddat tugaydi.

2025 yil 1 maydan boshlab, huquqiy maqomini tartibga solmagan shaxslarga nisbatan chiqarib yuborish va kelajakda Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llaniladi.

Rossiya hududida qonuniy qolish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnoma hujjatlarini olish uchun Rossiya IIVning hududiy organlariga, Rossiya IIV FGUP «PVS» filiallariga yoki Moskva shahridagi GBU MMS «Saxarovo»ga murojaat qilish so‘raladi.

Kiritildi: 13:53 29.03.2025. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!