Pensiya jamg‘armasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Ya’ni hozirgi kunda bu miqdor 688 ming 940 so‘mni tashkil etadi.
Prezident farmoni bilan joriy yil 1 dekabr kunidan mamlakatda ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Xususan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 ming so‘mdan 1 million 50 ming so‘mga ko‘tariladi. Bunda “suyunchi” puli miqdori ham 728 ming so‘mga yetadi.