Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

1 dekabrdan cubsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish bekor qilinadi

 1 dekabrdan cubsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish bekor qilinadi

2022 yil 1 dekabrdan cubsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish bekor qilinadi

Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi.

Shuningdek, subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi.

Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:

yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

Kiritildi: 23:48 26.11.2022. O'qildi: 2268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!