Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

1 avgustdan tashabbusli byudjetda yangi tartib joriy etiladi

1 avgustdan tashabbusli byudjetda yangi tartib joriy etiladi

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, har bir deputat «Ochiq byudjet» axborot portalida bir mavsum uchun o‘ziga ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilishi mumkin.

Shu bilan birga, deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tashabbusli byudjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qarori asosida tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan aniqlanadi.

Mazkur tartib tashabbusli byudjet doirasida aholi taklif etgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda deputatlarning jarayondagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:42 30.07.2026. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!