Angliyaning ikki grandi — "Manchester Yunayted" va "Chelsi" transfer bozorida katta mablag‘ sarflayotganiga qaramay, Premyer-ligada muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki klub so‘nggi beshta transfer oynasi davomida yangi futbolchilar xaridi uchun jami 1,69 milliard yevro sarflagan.
"Manchester Yunayted" chempionatning 12 ta uchrashuvida atigi bitta g‘alaba qozonib, 8 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
"Chelsi" esa 16 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Londonliklar APLdagi so‘nggi beshta uchrashuvning to‘rttasida mag‘lub bo‘lishdi.
12-turda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Brentford"ga (0:4), "Chelsi" esa safarda "Nottingem Forest"ga (2:3) imkoniyatni boy berdi.