Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

1 025 metr kub hajmdagi marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

1 025 metr kub hajmdagi marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F-J.” MCHJ mas’ul shaxslari “Marmarobod” MFY hududidagi “Bo‘shang O‘rikzor” marmar konidan hech qanday ruxsatnoma olmasdan 1 025 metr kub hajmdagi marmarni noqonuniy qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 235,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:25 23.05.2024. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!