Umraga ketgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish maqsadida repatriasiya reyslari tashkil etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston aviasiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turish vazifasi yuklatildi. Bu cheklov, shu jumladan, Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqlidir.
Aviakompaniya tomonidan 2026 yil 2 martdan boshlab, umra dasturi doirasida Uzbekistan Airways reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda—Toshkent yo‘nalishida repatriasiya reyslari tashkil etiladi.