Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha 90 dan ortiq FQB tergov protokollari topilmadi

A A A
Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha 90 dan ortiq FQB tergov protokollari topilmadi

Yanvar oyida AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlar to‘plamida Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha 90 dan ortiq FQB tergov protokollari topilmadi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

“Gisleyn Maksvellning advokatlariga taqdim etilgan dalillar jurnaliga ko‘ra, ish bo‘yicha, taxminan 325 ta shunday protokol mavjud bo‘lgan. Shunday qilib, e’lon qilingan arxivda ko‘rsatilgan ro‘yxatning chorak qismidan ko‘prog‘i yo‘q”, deyiladi telekanal xabarida.

CNN to‘plamda topa olmagan materiallar orasida Epshteyn uni o‘smirlik chog‘idan zo‘rlab kelganini da’vo qilgan hamda bir necha o‘n yil avval Donald Trampni jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan ayolga oid uchta bayonnoma borligi aytilmoqda.

AQSh Adliya vazirligining ta’kidlashicha, materiallarning bir qismi takrorlanuvchi, huquqiy cheklovlar qo‘yilgani yoki davom etayotgan tergovga aloqador bo‘lganligi sababli hujjatlar to‘plamiga kiritilmagan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 16:10 26.02.2026. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!