Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning Grenlandiyaga oid da’volari sabab Daniya hushyor bo‘lishi kerakligini aytdi.
«Tramp bilan hech narsa qachon tugamaydi. Bir ko‘zingizni ochib uxlang», — dedi Nyusom jurnalistlarning Trampning Grenlandiya borasidagi tahdidlari yakunlanganmi, degan savoliga javoban.
14 fevral kuni Oq uy Sevishganlar kuni munosabati bilan Grenlandiya tasvirlangan otkritka e’lon qildi va orolni «o‘zaro munosabatlarni aniqlashga» chaqirdi. Shu otkritkada 2026 yil yanvar oyi boshida o‘g‘irlab ketilgan paytidagi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning surati ham joy olgan.