Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Fransiya prokuraturasi Ilon Maskni so‘roqqa chaqirtirdi

Fransiya prokuraturasi Ilon Maskni so‘roqqa chaqirtirdi

Fransiya prokuraturasi Ilon Maskni so‘roqqa chaqirtirdi — Le Monde.

"X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask va platformaning sobiq bosh direktori Linda Yakkarino 2026 yil 20 aprel kuni ixtiyoriy so‘roq uchun uchun Parijga chaqirilgan. Shuningdek, kompaniya xodimlari ham guvoh sifatida ko‘rsatma berish uchun chaqirilgan", deya yozmoqda nashr.

Avvalroq X ijtimoiy tarmog‘ining Parijdagi ofisida tintuv o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Fransiyada X platformasiga nisbatan tergov 2025 yil yanvar oyida boshlangan, platformada jinsiy mazmundagi dipfeyk kontentlar tarqatilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgach, tergov jarayoni kengaytirilgan.

Kiritildi: 19:47 03.02.2026. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!